Assalomu alaykum, Mehmon
Xabarlar.Ru-Super Portal
Kelaman deganding
​​Kelaman" deganding qachonki,
Tomchilar ilashsa yuzimga.
Sog'inchga sovrilsa bu jonki,
Hijronlar ergashsa izimga...
"Kelaman" deganding har nafas,
Ko'ksimga purkalsa olovlar.
Azoblar ko'nglimla hamnafas,
Sochimga do'st bo'lsa qirovlar.
Fasllar yillarga do'ndilar,
Olovlar yelkamga qo'ndilar,
Ko'zlarim g'am kelsa baxt deya,
Ko'ndilar bariga ko'ndilar...
Boshimda titragan o'kinchlar,
Kun kelib ko'ksimga qularu.
Dod solib yig'laydi sog'inchlar,
Hech qursa...
tushimda kelar U.
"Kelaman" deganding qachonki,
Qo'limni siltasam bariga.
Tan olsam sevgimdan nishonki,
"Yur" desam dunyoning nariga.
Chorlasam. Pichirlab. Shivirlab.
Ismingni gullarga o'rasam.
Kelmading.
Kelmading...
Zor qaqshab,
Har nafas Xudodan so'rasam?
 
Java kitob ko'chirish

»SHE'RIYAT OLAMI
Kutubxonaga
Quvonch.Ru - Super Portal 2019-2020
Statok.net