Assalomu alaykum, Mehmon
Xabarlar.Ru-Super Portal
Kulgu.NeT-Samimiy Kulgu Bilan :)
Tush
Tush ko’rdim, tushimda dengiz,
Shamollar urarmish suvni har tamon,
Kemani otarmish sapchitib har yon,
Dovullar titratar butun dengizni,
Kemada ko’rdim men bir oyjamolni,
Osmonda oy chiqdi, porlab shu on,
Shu oyni gul pari hijolat etib,
Oyjamol ruxsori aqlimni oldi,
Ko’rmovdim men avval bunday suluvni,
Ko’rdimu shu on yuragim yondi,
Osmonda oy uyalib botib ketdi,
Ufqdan oy yori quyosh ko’ringach,
Gulruxsor shu onda ko’rinmay qoldi,
Es- hushim, hayolim nega yo’qoldi,
Bilmadim bir sehr dilimni yutdi,
Voh dedim, dod dedim uyg’onib ketdim,
Yonimda turardi yorim jilmayib,
Begim qo’rqmang dedi iljayib
 
Java kitob ko'chirish

»SHE'RIYAT OLAMI
Kutubxonaga
Quvonch.Ru - Super Portal 2019-2020