Assalomu alaykum, Mehmon
Xabarlar.Ru-Super Portal
Xayot 2
Biz kelib ketuvchi to'garak jahon,
Na boshi ma'lum, na so'nggi ayon.
Hech kimsa rostini aytib berolmas,
Biz qaydan keldigu, ketarmiz qayon?

Keksa, yosh hayotga har kimki yetar,
Hammasi izma-iz birma-bir o'tar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy,
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar.

Kelmoq qo'lda bo'lsa kelmasdim bir dam,
Ketmoq qo'lda bo'lsa ketmas edim ham.
Juda soz bo'lardi bu g'amxonaga,
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.

Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi,
Ko'klam o'tib ketdi, qish kelib yetdi.
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi,
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.
 
Java kitob ko'chirish

»SHE'RIYAT OLAMI
Kutubxonaga
Quvonch.Ru - Super Portal 2019-2020
Statok.net