Assalomu alaykum, Mehmon
Xabarlar.Ru-Super Portal
DO`STLARIM....
DO`STLARIM....

Do`stlarim, menimcha dunyo degani,
Intilganga imkon, mexnat ichra baxt.
Omadini kutib toqat qilganni,
Peshanasi yorug`, kelajagi naqd.

Do`stlarim, menimcha inson degani,
Tug`ilibdiki mudom unga xamrox dard.
O`tkinchi g`avg`olar emas bilgani,
Abadiylik sari yo`l olsin faqat.

Do`stlarim, menimcha visol degani,
Jonu tanga qondek singmog`idir axd.
Yaxshidir yurakda vafo bo`lgani,
Eng toza dillarda yashar muxabbat.

Do`stlarim, menimcha erta degani,
Kecha va bugundek oddiygina vaqt.
Ayonmas umrning qancha qolgani,
Xech maxal yashashga yo`qolmasin shaxd.

Do`stlarim, menimcha ko`ngil degani,
Aytilmagan qo`shiq, yozilmagan xat.
Unga faqat mexr bo`lsa bo`lgani,
Mexrsiz ko`ngillar nursiz bir zulmat.

Do`stlarim, menimcha yaxshi yashamoq,
Bu xayotdan to`g`ri olmoqdir roxat.
Eng katta boylik bu xotirjam bo`lmoq,
Podshoxsan ostingda bo`lmasa xam taxt.

Do`stlarim, menimcha bu gaplarini,
Bekorga aytmadi sizlarga Axad
Jonibek xam unutmaydi bu suzlarni
Unutmang baytlarin birortasini,
Kerak paytda so`zni anglamoqlik shart.
Fikrlar (3)
Java kitob ko'chirish

»SHE'RIYAT - OLAMI
Kutubxonaga
Quvonch.Ru - Super Portal 2019-2020