Assalomu alaykum, Mehmon
Xabarlar.Ru-Super Portal
Sensiz
​​Sensiz hayot nima? Sensiz nima vaqt?
Dilimdan xavotir ketmaydi nari.
Sensiz quvonch nima? Sensiz nima baxt?
Sensiz qalb to'kilar sharob singari...
Sensiz nima kulgu?
Sensiz nima ishq?
Sensiz muzlab qolar sen tutgan qo'llar.
Sensiz har qadamda uchrar mingta nish,
Sensiz bo'zlab tolar biz yurgan yo'llar.
Sensiz nima orzu?
Sensiz dil giryon.
Na faryod, na bir dod. Sukunat.
Jimman...
Hatto ismimni-da eslolmay sarson...
Xullas...Tomolmadim...
Sensiz men kimman?
Sensiz...
 
Java kitob ko'chirish

»SHE'RIYAT OLAMI
Kutubxonaga
Quvonch.Ru - Super Portal 2019-2020
Statok.net