Assalomu alaykum, Mehmon
Xabarlar.Ru-Super Portal
Ayol
Ayolga berdilar bugun bir savol,
Dunyoda eng totli aytginchi darxol,
Novvotmi, konfetmi, shakar yoki bol?
- Bolamdan totlisi yo'q! dedi ayol

Yana so'radilar aytgin yashirmay,
Eng xushbo'y qaysi: atirgul, lola?
Bir lahzada berdi javob o'ylamay,
- Eng xushbo'y xilqat bu shubhasiz- bola

Ayol borki bari, qiladi orzu,
Uy, boylik, taqinchoq, pari jamoli,
Qay birin xohlaysan, ayt sekin dedi:
- Menga kifoyadir bolam kamoli
 
Java kitob ko'chirish

»SHE'RIYAT OLAMI
Kutubxonaga
Quvonch.Ru - Super Portal 2019-2020
Statok.net